“Futbol va ilm” sport va fan innovatsiyalari forumi oʻtkazildi
2026-07-03 16:55:00 / Yangiliklar

Forumda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov, Sog‘liqni saqlash, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirliklari mutasaddilari, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali, Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti xodimlari, O‘zbekiston Futbol assosiatsiyasi trenerlari ishtirok etib, mamlakatimizda futbolni ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish hamda sport va ilm-fan integratsiyasini yanada mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tishdi.
📑 Forum doirasida soha mutaxassislari va olimlar tomonidan dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Jumladan:
⚫️Obidjon Igamberdiyev — “Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni saralab olish va futbolchilarni tayyorlashning milliy modelini yaratish”;
⚫️Anvar Sattorov — “Oliy ta’lim muassasalarida futbol to‘garaklarini tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-pedagogik asoslari”;
⚫️Dilafruz Abdullayeva — “Sportchilar uchun oqilona ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar”;
⚫️Vladimir Serebryakov — “Futbolchilarning yuqori intensiv jismoniy yuklamalarga moslashuvining fiziologik mexanizmlari” mavzularida ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
✅ Forum davomida futbolni ilmiy asosda rivojlantirish, sport tibbiyoti, seleksiya, ta’lim, innovatsion texnologiyalar hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
⏺ Shuningdek, forum yakunida markazda sportchi-murabbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, markazda joylashgan binolar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston Milliy Futbol Markazi boʻylab sayohat tashkil etildi.






