O‘zbekiston kriket milliy terma jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirokini boshladi
2026-06-11 11:40:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 10-20 iyun kunlari Singapurda kriket bo‘yicha 2027 yilgi Osiyo chempionatiga saralash o‘yinlari — Challenger Cup musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Shu bois, 6 iyun kuni bosh murabbiy Murtoza Chug‘toy boshchiligidagi O‘zbekiston kriket milliy terma jamoasi yo‘llanmani qo‘lga kiritish maqsadida Singapurga yetib bordi.

30 dan ortiq terma jamoalar ishtirokidagi saralash o‘yinlariga 10 iyundan start berilgan bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasi D guruhidan joy olgan va ilk rasmiy o‘yinini ertaga 12 iyun kuni Kambodja terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston kriket federatsiyasi tomonidan olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan ushbu sport turini yaqin besh yilda keng ommalashtirish borasidagi tinimsiz sa’y-harakatlar bugun ijobiy natijasini ko‘rsatgani bois, kriket bo‘yicha milliy terma jamoamiz ilk bor xalqaro rasmiy o‘yinlarida ishtirokini boshladi.

