Belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon va Osiyo chempionatlari oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-06-10 13:00:00 / Matbuot anjumanlari

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida 9–14-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati hamda kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va sport jamoatchiligi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov, kattalar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov va yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turg‘unpo‘latov ishtirok etib, musobaqalarning tashkiliy jihatlari hamda kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdilar.
Chempionatlarda 30 ga yaqin davlatning eng kuchli polvonlari g‘oliblik uchun bahs olib boradi.









