“ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi haqida seminar o‘tkazildi
2026-06-10 10:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududlardagi futbol akademiyalari tahlilchi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Sport vazirligining “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi haqida ma'lumot berildi.

Tadbirda AKTni joriy etish va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Navruz Shoymardonov ERP Sport tizimida ro‘yxatga olish va ma’lumotlar yuritish jarayoni, hisobotlarning haqqoniyligi va shaffofligi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berib o'tdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yakunida mas'ullarning savollariga atroflicha javoblar berildi.
