Sport vazirligi jamoasi “Avtomobilsiz kun” aksiyasida faollik ko‘rsatdi
2026-05-25 08:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida respublika hududida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur tashabbus doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov hamda vazirlik markaziy apparati xodimlari 25-may kuni ishga avtomobilsiz kelib, ekologik madaniyatni targ‘ib qilish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Xususan, vazirlik rahbariyati va xodimlari ishga jamoat transporti, piyoda hamda ekologik toza transport vositalari orqali yetib kelishdi.
Ta’kidlash joizki, “Avtomobilsiz kun” aksiyasi atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli emissiyalarni kamaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Sport vazirligi jamoasi bunday ezgu tashabbuslarni doimiy qo‘llab-quvvatlaydi va yurtdoshlarimizni atrof-muhit musaffoligini asrash hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilishga chorlaydi.




