Turon yakkakurashini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-06-02 13:00:00 / Yangiliklar

Olimpiya shaharchasida joylashgan Sport vazirligida turon yakkakurashini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, “Turon World Cup” musobaqasi tashkilotchilari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Turon yakkakurashining bugungi holati, uni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, sportchilar zaxirasini shakllantirish, murabbiylar malakasini oshirish, hududlarda sport turini yanada rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026-yil 1–5-iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Turon World Cup” xalqaro musobaqasining turon yakkakurashini ommalashtirish va uning xalqaro nufuzini oshirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida turon yakkakurashini rivojlantirish, uning ommaviyligini kengaytirish hamda xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.









