“Yoshlar kuni” munosabati bilan Farg‘onada rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2026-04-23 11:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori, professor Ilhomjon Tursunaliyev ishtirokida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda markaz yoshlari, markaz direktori p.f.b.f.d. (PhD), dotsent Egamberdi Usmonov hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali direktori, dotsent Alisher Tishabayev ishtirok etdi.
Muloqot davomida yosh sportchilarning erishayotgan yutuqlari, ularning kelajakdagi maqsad va rejalari muhokama qilinib, sohada mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash hamda tizimli hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.









