“Yoshlar kuni” munosabati bilan Sport vazirligida rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2026-04-30 11:00:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bugun payshanba “Yoshlar kuni” munosabati bilan Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov Olimpiya shaharchasida Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi o'quvchi-yoshlari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, sport sohasida yaratilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalib, ushbu jarayonlarda yoshlarning o‘rni va rolini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari haqida ma'lumotlar berildi.






