Farrux Zokirov “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
2026-04-16 12:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi hamda o‘zbek milliy estradasini dunyoga tarannum qilib, boy an’analarimiz va madaniyatimiz namunasi bo‘lgan ijodi bilan sportchilarimizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab, mamlakatimiz sporti rivojiga qo‘shayotgan xizmatlarini e’tirof etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Zokirov Farrux Karimovich tavallud ayyomining 80 yilligi munosabati bilan “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
