O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-04-02 11:00:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vaziri Adkham Ikramov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ishtirokida oʻtkazilgan ochiq va samimiy muloqot davomida yoshlarning takliflari, kelajak rejalari, kasb tanlash, sport va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.









