Karate WKF bo'yicha Xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazilmoqda
2026-04-03 11:00:00 / Yangiliklar

Toshkent shahrida joylashgan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning karate WKF bo'yicha Xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazilmoqda.
Joriy yilning 8-aprel kuniga qadar davom etadigan mashg'ulot jarayonlarida o'zbekistonlik sportchilar bilan birgalikda Belgiya, Shvetsiya, Fransiya hamda Xitoy Taypeyidan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda.
