Sport vaziri va sohada ishlayotgan faol xotin-qizlar muloqoti bo‘lib o‘tdi
2026-03-04 10:00:00 / Yangiliklar

Bugun Sport vazirligida "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" umumxalq bayrami oldidan Sport vaziri Adkham Ikramov va sohada ishlayotgan faol xotin-qizlar muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Dastlab muloqot ishtirokchilariga Davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida bunyod etilgan Olimpiya shaharchasi sport inshootlari, sportchilarimiz qo‘lga kiritayotgan tarixiy yutuqlar haqida videorolik namoyish etildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning qadri va jamiyat hayotidagi o‘rnini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq 3 nafar sportchi va murabbiy xotin-qizlar hamda Prezidentimizning "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq 4 nafar sportchi qizlar yuksak mukofotlarga munosib ko‘rilganligi alohida ta’kidlanib, ular erishayotgan natijalar ko‘plab xotin-qizlarga namuna ekanligi qayd etildi.









