O‘zbekiston shaxmati – 2025: barqaror o‘sish va xalqaro e’tirof yili
2026-01-10 14:00:00 / Matbuot anjumanlari

Sport vazirligida O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasining 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan OAV xodimlariga atroflicha ma’lumot berildi.
Xususan, 2025-yilda mamlakatimizda jami 26 ta nufuzli shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Shundan 11 tasi respublika, 15 tasi xalqaro darajadagi turnirlar hisoblanadi.
Matbuot anjumanida davlatimiz tomonidan shaxmatga qaratilayotgan tizimli e’tibor natijasida O‘zbekiston terma jamoalarining xalqaro nufuzi mustahkamlangani alohida ta’kidlandi.
FIDE reytingiga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 12-o‘ringa, ayollar terma jamoasi esa 15-o‘ringa ko‘tarildi.
Anjumanda jurnalistlarni mavzu doirasida qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.









