Fransiyaning Natixis banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-06-12 14:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda mamlakatimiz aviatsiya va temir yo‘l tizimini rivojlantirish, xususan, bank moliyaviy resurslarini jalb etgan holda mamlakat transport parkini faol yangilash - yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilish rejalari muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida Qanot Sharq, Silk Avia aviakompaniyalari taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yuqori tezlikda harakatlanuvchi va shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Natixis 2006-yilda Natexis Banque Populaire (Banque Populaire Group tarkibidagi) va IXIS (Caisse d’Epargne Group) banklarining qo‘shilishi natijasida tashkil topgan Fransiyaning yirik korporativ va investitsiya banklaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bank Fransiyaning BPCE bank guruhi tarkibiga kiradi.
Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari aktivlarni boshqarish, sug‘urtalash, investitsion banking, kreditlash, to‘lov operatsiyalari, lizing, faktoring, savdo moliyalashtirish operatsiyalari, g‘azna operatsiyalari, chakana biznes va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi.

