“Toshkent” avtovokzalidan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
2025-04-05 14:00:00 / Yangiliklar
Mazkur yo‘nalishda qatnovlar "Uzautotrans service" korxonasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi.

Ilk qatnov joriy yilning 8-aprel kuni bajariladi. Avtobus “Toshkent” avtovokzalidan soat 20:00 da jo‘nab ketadi. Chipta narxi 900 000 so‘m etib belgilangan.
Chiptalarni elektron shaklda avtoticket.uz sayti hamda "UzBus" mobil ilovasi orqali, shuningdek, “Toshkent” avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: +998 71 207-87-00.
