Transport vaziri Latviya Respublikasi elchisi bilan uchrashdi
2026-06-16 10:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishining ijobiy dinamikasini qayd etib, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mintaqasidagi asosiy logistika markazlari sifatida O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi transport hamkorligining muhimligini alohida ta’kidladi.
Avtomobil va temir yo‘l transporti hamda havo qatnovi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari uchrashuv davomida muhokama etildi.
Xususan, Latviyaga va u yerdan tranzit orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi o‘zbek milliy tashuvchilarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, temir yo‘l transportida tashiladigan bir qator yuklar uchun tariflar bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.
Elchi janoblari, Latviya tomonining O‘zbekiston temir yo‘l tarmog‘ini transformatsiya qilish borasidagi tajribasiga qiziqishini, shuningdek, Latviya tomonining temir yo‘l tarkibi uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan butlovchi qismlarga bo‘lgan ehtiyojini bildirdi.
Uchrashuvda shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida havo qatnovini rivojlantirish, uchuvchilar va aviatsiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.



