Obod hudud — ko‘ngillarga zavq bag‘ishlaydi
2026-06-13 17:00:00 / Yangiliklar

Xususan, “A-373 Toshkent – Olmaliq” avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududida joylashgan qismida 54 gektar maydonda “Transportchilar bog‘i” barpo etilmoqda.
Bugun Transport vazirligi uning tizim va sohaviy tashkilotlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan hasharda bog‘ hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarildi.
Xususan, “Transportchilar bog‘i” hududida ekilgan ko‘chatlarning sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishi uchun zarur parvarishlash hamda sug‘orish ishlari amalga oshirildi, bog‘ hududi begona o‘tlardan tozalanib atrof-muhit tartibga keltirildi.
Bunday xayrli tadbirlar atrof-muhitni asrash, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda yurtimizning yanada obod va fayzli makonga aylantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.









