“Qog‘ozsiz bir kun” — ekologik madaniyat sari yana bir qadam
2026-05-15 15:00:00 / Yangiliklar

Mazkur qarorga muvofiq, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirishni kengaytirish, shuningdek, qog‘ozdan foydalanishni bosqichma-bosqich qisqartirish choralari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, vazirlikda har oyning birinchi jumasida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasini o‘tkazish tartibi belgilandi.
Transport vazirligi faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish orqali qogʻozdan foydalanishni kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazildi.
Mazkur aksiya doirasida xodimlar tomonidan hujjatlar almashinuvida elektron tizimlardan keng foydalanish, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi jamoada ekologik mas’uliyatni oshirish, zamonaviy texnologiyalar asosida ish yuritish tizimini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumot uchun, Axborot va tasvirni boshqarish assotsiatsiyasi (AIIM) ma’lumotlariga ko‘ra, 1 tonna qog‘ozni tejash yoki qayta ishlash 17 ta daraxt, 26 000 litr suv, 3 kub metr yer, 240 litr yoqilg‘i va 4000 kVt/soat elektr energiyasini “tejab qoladi”.
