9-may – Xotira va qadrlash kuni
2026-05-09 12:00:00 / Yangiliklar

Ushbu qutlug‘ kunda urushda jasorat ko‘rsatgan ota bobolarimiz hamda front ortida mardona mehnat qilgan mard oliyjanob yurtdoshlarimizni har qancha e’zozlasak arziydi.
Aslida o‘tganlarni qadrlash ularni ruhiga hurmat ko‘rsatish, ayniqsa ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan mard, jasur qahramon ota bobolarimizni qadrlash ularning o‘chmas ruhiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish bu har birimizning muqaddas burchimiz sanaladi.
Bugun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi G‘alaba bog‘i har doimgidan ham gavjum. Sana munosabati Transport vazirligi jamoasi o‘tganlarga hurmat ehtirom ramzi sifatida Harbiy orkestr ijrosidagi “Xotirlash kuyi” sadosi ostida “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimida ishtirok etdi.




