Transport vazirligining axboroti eshitildi
2026-05-07 11:00:00 / Yangiliklar

Sayyor qabulda viloyatda yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, soha mutasaddilari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Transport vazirligi Murojaatlar bo‘limi boshlig‘i O. Mo‘ydinov, Navoiy viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i B. Raximov, Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i D. Pirnazarov hamda Navoiy viloyati IIB YHXB JXX boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Tursunov ishtirok etgan qabul davomida transport sohasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Qabul jarayonida tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan jami 20 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar mazmuniga ko‘ra transport xizmatlari sifati, yo‘nalishlardagi tashkiliy masalalar, yuk va yo‘lovchi tashish faoliyatidagi mavjud muammolar hamda infratuzilmaga oid takliflarni qamrab oldi.
Murojaatlarni o‘rganish natijasida 8 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, ya’ni ayrim tashkiliy masalalar darhol bartaraf etilib, murojaatchilarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Qolgan 12 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish talab etilgani sababli tegishli mas’ullarga biriktirilib, ijrosini ta’minlash uchun belgilangan tartibda nazoratga olindi.



