Transport vaziri yoshlar bilan uchrashdi
2026-04-30 13:00:00 / Yangiliklar

Bugun, payshanba “Yoshlar kuni” munosabati bilan Transport vaziri Ilhom Maxkamov Toshkent metropolitenida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimiz transport tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, ushbu jarayonlarda yoshlarning o‘rni va rolini alohida ta’kidladi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yosh mutaxassislarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, tashabbuslari va kelgusidagi rejalariga e’tibor qaratilib, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida faol va tashabbuskor yoshlarning takliflari alohida e’tirof etildi. Ularni amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida faol va tashabbuskor yoshlarning bir guruhi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.











