Sayyor qabul fuqarolar muammolarini hal etishning maqbul yo‘li
2026-04-28 17:45:00 / Yangiliklar

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda samarali hal etish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda vazirlik rahbariyati hamda Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi, “Termiz xalqaro aeroporti” MChJ, Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va “TERMIZ MTU” filiali mutasaddilari ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, har bir murojaat yuzasidan aniq va manzilli yondashuv asosida muhokamalar olib borildi. Qabul jarayonida jami 21 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.
Shundan 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Sayyor qabul ochiq va shaffof muloqot asosida o‘tkazilib, fuqarolarning muammolariga tezkor yechim topish hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda transport sohasida xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.





