Yo‘l qoidalariga rioya qilish – xavfsizlik kafolatidir
2026-04-23 18:00:00 / Yangiliklar
Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish, ularni hushyorlik va mas’uliyatga chaqirish, yo‘l belgilariga e’tibor berish hamda svetofor signallariga amal qilish yo‘l-transport hodisalarining oldini olish muhim ahamiyatga ega.

Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish maqsadida Transport universiteti talabalaridan iborat “Yosh transportchilar” targ‘ibot guruhi #MenQoidagaRiyoyaQilaman heshtegi ostida fleshmob uyushtirdi, bundan maqsad barchani yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, jamoat transportlaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyati hamda transport sohasida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib-intizomga chaqirishdan iboratdir.
Barcha yo‘l harakati ishtirokchilarining ushbu qoidalarga rioya etishi har bir safarni yanada qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi.
Madaniyat har birimizdan boshlanadi. Ushbu oddiy qoidalarga amal qilish orqali, biz birgalikda barcha uchun qulay va xavfsiz muhitni yaratamiz.
