Transport-logistika markazlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-04-14 18:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Transport vazirligi mutasaddilari ishtirokida transport-logistika markazlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida transport-logistika markazlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda sohani yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish, xizmatlar sifatini oshirish va markazlar faoliyati samaradorligini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning samarali yechimlarini ishlab chiqish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishga kelishib olindi.

