Sohibqiron yodi, ibrati hamisha qalbimizda
2026-04-09 16:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 9-aprel ulug‘ davlat va jamoat arbobi sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Bu yil sarkarda tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda.

Amir Temur – o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir.
Sana munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida buyuk sarkarda haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turli tashkilot va idoralar, madaniyat namoyandalari hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Transport vazirligi jamoasi buyuk zotga hurmat va ehtirom ko‘rsatib, salobat to‘kib turgan sohibqiron haykali poyiga anvoyi gullar qo‘yib, ulug‘ siymo xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Tadbir ishtirokchilari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ham tashrif buyurishdi.






