Jizzax viloyati transport boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-03-10 15:00:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish davomida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Transport vazirligining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Oybek Mo‘ydinov tomonidan boshqarmada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda ularni tahlil qilish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Yig‘ilishda fuqarolar bilan sayyor qabullarni tashkil etish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda takroriy murojaatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida ta’kidlandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala doirasida Transport vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Otabek Komilov tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, ularning oldini olish choralariga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi hamda xodimlar uchun test sinovlari tashkil etildi.
Yig‘ilish yakunida boshqarma faoliyatida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.



