“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining yangi tahriri jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi
2026-01-07 16:00:00 / Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi va uzbekistan2030.uz hamda regulation.gov.uz platformalarida jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor boʻlgan ushbu hujjat aholi fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.
Savol va takliflaringizni (71) 239-49-38, (71) 239-49-44 raqamli koll-markazi orqali bildirishingiz yoki info@asr.gov.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
