DIQQAT TENDER
00:05 28.10.2025

Muddat: 01.12.2025
TENDER🚌 Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun tender o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender 2025-yil 2-dekabr kuni soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2025-yilning 1-dekabr kuni soat 16:00 ga qadar qabul qilinadi.
❗️Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Tender takliflarini yuborish uchun to‘lovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak.
Batafsil: e-tender.uztrans.uz
