Osiyodagi eng yirik aviakompaniyalardan birining xodimi bo‘lishga tayyormisiz?
2025-10-27 15:40:00 / E’lonlar

Migratsiya agentligi va Malayziyaning "AirAsia X Berhad" aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi yo'nalishida bo'sh ish o'rinlarini taklif qiladi!
Ish o'rinlari: 40 ta
Tanlovga jalb etiladiganlar soni: 100 nafar.
Tanlov o'tkazuvchi tashkilot: Migratsiya agentligi va AirAsia kompaniyasi ( oflayn suhbat asosida)
Ish joyi manzili: Selangor, Malaysia.
❓Tanlovda kimlar qatnasha oladi: o‘rta (maxsus) ta’lim darajasiga ega, 5 yoki undan yuqori darajadagi IELTS yoki boshqa ingliz tili sertifikati bor, rus tilida erkin gaplasha oladigan,18 yoshga to‘lgan erkak va ayollar.
💰 Oylik maosh: 1200 dan 2000 AQSh dollarigacha.
🕒 Ish jadvali: haftasiga 4-5 kun
✅ Imtiyozlar: ishchi viza olish bilan bog‘liq xarajatlar, aviabilet, sinov muddati davomida turar joy, tibbiy sug‘urta ish beruvchi hisobidan;
🧮 Nomzod hisobidan xarajatlar:
🏠 Aeroport yaqinidagi turar joylar 100 AQSh dollari atrofida;
🚖 Taksi xarajatlari oyiga 200 AQSh dollari;
🍝 Ovqatlanish kunlik taxminan 10 AQSh dollari.
Ish talablari:
▪️Yo'lovchilar xavfsizligi va qulayligini ta'minlash;
▪️Xavfsizlik choralarini tekshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;
▪️Samolyotga chiqish va favqulodda vaziyatlarda yordam berish;
▪️Ovqat va ichimliklar tarqatish;
▪️Bosim ostida xotirjamlikni saqlay bilish;
▪️Uzoq reyslar, smenalar va sayohatlarga moslashish.
❗️ Har bir nomzod Migratsiya agentligining XORIJDA ISH platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi.
📞 Murojaat uchun: (+998) 71-202-33-55, ichki raqam 133
“Now everyone can fly”
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
