MIGRATSIYA AGENTLIGI OGOHLANTIRADI!
2025-08-24 09:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qaroriga muvofiq, fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish faoliyati bilan Migratsiya agentligi shug‘ullanadi.
Shuningdek, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, faqat Migratsiya agentligi tomonidan litsenziya berilgan xususiy bandlik agentliklari ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.
⚠️ Migratsiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarda "ba’zi bir ishbilarmonlar"ning ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlar orqali konsalting yoki axborot xizmati niqobi ostida fuqarolardan pul yig‘ib xizmat ko‘rsatmaganliklari hamda litsenziyasiz xorijga ishga jo‘natish bilan shug‘ullanayotganlari aniqlangan. Ushbu jamiyatlarga nisbatan quyidagi ta’sir choralari qo‘llanilgan:
🔴“WORLDVISA” MCHJda 09.04.2025-yilda tekshiruv o‘tkazilgan 11.04.2025-yilda 112.500.000 so‘m jarima qo‘llanilgan va Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
🔴“Everyone Consult” MCHJda 09.04.2025-yilda tekshiruv o‘tkazilgan, 11.04.2025-yilda 112.500.000 so‘m jarima qo‘llanilgan, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
🔴“Adworld Group” MCHJda 24.04.2025-yilda tekshiruv o‘tkazilgan, 28.04.2025-yilda 112.500.000 so‘m jarima qo‘llanilgan, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
🔴"RICH RESULT" MCHJda 15.05.2025-yilda tekshiruv o‘tkazilgan, 21.05.2025-yilda 112.500.000 so‘m jarima qo‘llanilgan, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
🔴"RAVON CONSULT GROUP" MCHJ XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGIda 15.05.2025-yilda tekshiruv o‘tkazilgan, 26.05.2025-yilda 112.500.000 so‘m jarima qo‘llanilgan, Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo ariza kiritilgan.
🆘 Litsenziyasiz tashkilotlar orqali xorijda ishga joylashishga urinish moliyaviy va huquqiy xavf-xatarga duchor bo‘lishiga olib keladi.
🔒 Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda:
▪️ Rasmiy ro‘yxatdagi agentliklar bilan hamkorlik qiling.
▪️ Har qanday shartnomani imzolashdan oldin uni sinchiklab o‘qib chiqing.
▪️Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang.
Postni ulashing — yaqinlaringiz aldanib qolmasin
