Xorijda ishlash orzusidamisiz?
2025-08-23 12:05:00 / E’lonlar

📢Yuqori daromadli, kafolatlangan ish izlayapsizmi?
Unda siz uchun ajoyib imkoniyat!
🔰 Surxondaryo viloyati hokimligi, Migratsiya agentligi va Xususiy bandlik agentliklari uyushmasi hamkorligida tashkil etiladigan “XORIJDA ISH MEHNAT YARMARKASI” ga marhamat!
Qatnashuvchilar:
JOB BRIDGE | WORKMALL | HORIZON WORK | NAIMIX | GETWORK | YOUTH GLOBE | INTERNATION MIGRATION LINE | MIGO | MIRSHODJON POWER | THE BEST-SHTAFF | REIWA xususiy bandlik agentliklari bandlik agentliklari va Xorijiy ish beruvchilar.
Dastur quyidagilarni qamrab oladi:
▪️Bolgariya, Germaniya, Janubiy Koreya, Mongolia, Slovakiya, Turkiya, Xorvatiya, BAA davlatlariga qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oshirish tartibi;
▪️Har bir mamlakatdagi ish haqi va shartlar;
▪️Talab etiladigan hujjatlar va ularni tayyorlash jarayoni;
▪️Xususiy bandlik agentliklari tomonidan taqdim etiladigan servis va yordam;
▪️Mehnat shartnomalari va huquqiy kafolatlar;
▪️Xorijda ishlayotgan vatandoshlar tajribasi;
▪️ Ishonchli va xavfsiz agentliklarni tanlash.
Tadbir jadvali:
2025 yil 26-avgust |Termiz shahri
Manzil: Termiz San’at saroyi
🕰Vaqti: 10:00 da
2025 yil 27-avgust |Denov shahri
Manzil: Eko bog' (Dendro park)
🕰Vaqti: 10:00 da
📲 Ro‘yxatdan o‘tish:
XORIJDA ISH 2025
👉O‘zingiz bilan do‘stlaringizni ham olib keling
