RASMIY MUNOSABAT
2025-08-07 08:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan — fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish xizmatlarini litsenziyasiz amalga oshirgan “Adworld Group” MCHJ faoliyati yuzasidan rasmiy tekshiruv (murojaatchi arizasiga ko‘ra) o‘tkazilib, qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra:
▪️ “Adworld Group” MCHJ ijtimoiy tarmoqlarda Chernogoriya, Serbiya, Angliya, Litva, Norvegiya, Ummon va Yaponiya kabi davlatlardagi ish o‘rinlarini reklama qilgan;
▪️ Fuqarolarga konsalting bahonasida, aslida xorijda ishga joylashtirish xizmatlarini taklif qilgan;
▪️Bu faoliyat “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘RQ-501-son Qonun talablariga zid ravishda, litsenziyasiz amalga oshirilgan.
⚠️ ALOHIDA OGOHLANTIRISH:
📲 Ushbu kompaniyaning noqonuniy faoliyatini ayrim ko‘p sonli kuzatuvchilarga ega bo‘lgan blogerlar ham ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilgan.
❗️Blogerlar orqali berilgan noto‘g‘ri reklama odamlarda ishonch uyg‘otib, ko‘plab fuqarolar kompaniya xizmatlaridan foydalanish uchun pul to‘lashga rozi bo‘lgan va oqibatda aldanib qolgan.
QONUNIY CHORA:
Migratsiya agentligi tomonidan “Adworld Group” MCHJga nisbatan 112 500 000 so‘m miqdorida jarima tayinlandi. Jarima ixtiyoriy ravishda to‘lanmagani sababli, mablag‘ni sud orqali undirish ishlari boshlangan.
❗️FUQAROLARGA MUROJAAT:
✅Xorijda ishlash istagingiz bo‘lsa Migratsiya agentligi yoki faqat litsenziyaga ega, Xususiy bandlik agentliklariga murojaat qiling!
❌ Telegram yoki Instagram’dagi har qanday “Yevropaga ish”, “Yaponiyaga chiqish” kabi e’lonlarga ishonmang.
Aks holda, mablag‘ingiz va huquqlaringiz himoyasiz qoladi!
📞 Murojaat uchun: 71 202-33-55, 12-82 qisqa raqamlari
