Xorij davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan fuqarolar yurtga olib kelinmoqda
2025-08-05 18:35:00 / Yangiliklar

🕰2025-yil 4-avgust. Soat 23:30. Toshkent xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasida og‘ir sharoitda qolgan va huquqiy himoyadan mahrum bo‘lgan bir guruh yurtdoshlarimiz mamlakatga olib kelindi.
“Men Turkiyada ishsiz, pulsiz va yordamsiz qoldim. Vatanga qaytishni istardim, ammo imkoniyatim yo‘q edi. Shunda xayriya aksiyani eshitib, Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakolatxonasiga murojaat qildim. Ular men bilan darhol bog‘lanishdi, holatimni o‘rganishdi va qaytishimga yordam berishdi”, - deydi Farg‘ona viloyatida istiqomat qilgan Azizbek Hojimatov ko‘zlarida minnatdorlik yoshi bilan. 👉videoga o‘ting
☑️O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolarni qabul qilish jarayonida ularning jismoniy va ruhiy holati maxsus mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirildi. Davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar, huquqiy maslahat va psixologik yordamlar ko‘rsatilmoqda.
