Loqayd bo‘lmang - loyihalarda ishtirok eting!
2025-07-16 17:20:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi tashabbusi bilan endilikda yurtimiz yoshlari dunyo mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitilmoqda
🏗Tibbiyotchilar, payvandchi, elektromontajchi, qurilish mutaxassisi, avtobus va yuk mashinalari haydovchisi, xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari — bugungi kunda xalqaro mehnat bozorida eng talab yuqori kasblar sirasida!
🌐 Ammo faqat kasbning o‘zi yetarli emas — chet tillarini bilish ham asosiy kalitlardan biri hisoblanadi. Shu bois, tayyorlov kurslarida yapon, koreys, nemis, rus tillari ham bepul o‘rgatilmoqda. 👉video
📚 Bepul ta’lim, amaliy tajriba, xalqaro standartlarga mos dasturlar!
✈️ Dunyo bo‘ylab ishlash imkoniyati — endi siz uchun ham ochiq! Minglab yoshlar bu imkoniyatdan foydalanmoqda. Navbat sizda, faqat qadam tashlash qoldi!
📌Hoziroq yashash manzilingizga qulay bo‘lgan Migratsiya agentligining hududiy filialiga murojaat qiling.
Kurslarga yoziling, kasb egallang, til o‘rganing - QIMMAT KADRGA AYLANING👇
