SIZ KUTGAN E'LON!
2025-07-15 08:10:00 / E’lonlar

Migratsiya agentligi va "HD Hyundai" kemasozlik korxonasi hamkorligida Koreya standartlariga mos kemasozlik yo'nalishida malakali kadrlar tayyorlash uchun 3 oylik o‘quv kurslariga hujjatlar qabuli boshlandi.
Bu loyiha orqali siz E-7 malakali ishchi vizasi bilan Koreyada rasmiy ishga joylashishingiz mumkin bo‘ladi!
Yo'nalishlar:
⚙️ Bo‘yoqchilik
⚡️ Elektrik
E-7 malakali ishchi vizasi olish shartlari:
Tegishli sohalar bo‘yicha bakalavr diplomi (saralash bosqichidan so‘ng apostil talab qilinadi).▪️Kimyo;
▪️Materialshunoslik;
▪️Arxitektura;
▪️Avtomobilsozlik;
▪️Mexanik muhandislik;
▪️Elektr muhandisligi;▪️ TOPIK 3 va undan yuqori yoki KIIP dasturining 3-bosqichini yakunlaganlik sertifikati;
▪️ Yosh: 35 yoshgacha;
▪️ Oldin Koreyada qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lish;
▪️Koreya elchixonasi tomonidan vizasi rad etilmagan bo‘lish;
▪️Sudlanmagan va sog‘lom bo‘lish.Talab etiladigan hujjatlar:
Pasport nusxasi (rangli);
2 dona 3.5x4.5 sm hajmdagi surat;
Til sertifikati (TOPIK yoki KIIP);
Bakalavr diplomi.
📌BU MUHIM!
Faqat yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr diplomi mavjud bo‘lgan nomzodlargina tanlovda ishtirok etishi mumkin!
📅 Hujjatlaringizni 16-iyul – 18-iyul kunlari Migratsiya agentligining hududiy filiallariga topshirishingiz lozim.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Migratsiya agentligi: 71 202 33 55 (ichki raqamlar: 241, 243, 244)
