Germaniyada hamshiralar uchun qulay imkoniyat!
2025-07-12 12:30:00 / Yangiliklar
Migratsiya agentligi ishchi guruhi Germaniyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimizning ishlash va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, mehnat bozoridagi ish imkoniyatlari hamda ish beruvchilar takliflarini o‘rgandi.

Bugungi lavhamiz qahramonlari – Germaniyaning nufuzli “Asklepios” tibbiyot markazida faoliyat olib borayotgan bilimdon, tajribali, mas’uliyatli va mehnatsevar yigit-qizlarimiz!
Ular Migratsiya agentligi orqali til va kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, Germaniya klinikasida faoliyat olib bormoqda 👉video
🌍 Siz ham shunday imkoniyatni qo‘lga kiritishni istaysizmi?
👩⚕️👨⚕️Kasbingiz hamshira yoki tibbiyot og‘asimi (medbrat)
U holda quyidagi havolalar orqali munosib ish o‘rinlari bilan tanishing va istagingiz bo‘lsa ro‘yxatdan o‘ting:
📢 Yangi imkoniyatlardan xabardor bo‘lib boring!
Kanalimizni kuzating – tez orada yana bir muhim yangilikni e’lon qilamiz!

