Xorijda ishlash uchun ko‘niktirish kurslari: ahamiyati va dunyo tajribasi
2025-07-02 12:00:00 / Yangiliklar

Boshqa mamlakatda nafaqat mutaxassis, balki jamiyatning faol va integratsiyalashgan a’zosi sifatida ham muvaffaqiyat qozonish lozim.
🌐 Dunyodagi amaliyotlar
Janubiy Koreya, Germaniya, Kanada, Yaponiya va Singapur kabi davlatlarda xorijiy kadrlar uchun tashkil qilingan tayyorlov kurslari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
▪️Mehnat qonunchiligi va xavfsizlik
▪️Til va madaniy moslashuv
▪️Ruhiy, jismoniy va moliyaviy tayyorgarlik
Bu kurslar samarali ishchi kuchini shakllantirishga yordam beradi va ish beruvchilar uchun ishonchli kadrlar tayyorlaydi. Ketish oldi tayyorgarlik yuqori darajada tashkil qilingan mamlakatlardan ishchi kuchi ko‘proq talab qilinadi hamda ularning salohiyati to‘g‘ri yo‘naltiriladi.
📚 Migratsiya agentligi tomonidan Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida ko‘niktirish va moslashtirish tadbirlari uchun zamonaviy o‘quv markazlari tashkil etilgan.
🎥 Lavhada Samarqanddagi Koreyaga ketish oldi tayyorgarlik kursi faoliyati bilan tanishasiz.
