1,2 mln nafar Oʻzbekiston fuqarosi chet elda mehnat qilyapti
2026-05-18 11:25:00 / OAV biz haqimizda

Ayni vaqtda Toshkent shahrida “Toshkent xalqaro migratsiya forumi” boʻlib oʻtmoqda, deya xabar qildi UZ24.uz muxbiri.
Forumda Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev hozirgi kunda chet elda 1,2 mln nafar Oʻzbekiston fuqarosi mehnat qilayitganini aytib oʻtdi. Ular oʻtgan 2025-yilda vataniga 18,9 mlrd dollar yuborgan.
Shuningdek, oʻtgan yilda chet elda ogʻir holatda qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolariga 6300 ta yoʻl chiptasi olib berilgan.
Manbaa: UZ24.uz
