"XALQARO MIGRATSIYA FORUMI 2026"
2026-05-05 08:20:00 / Yangiliklar

📅 2026 yil 18–19 may kuni Toshkent shahrida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” mavzusida Xalqaro migratsiya forumi bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar:
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
— Xalqaro Migratsiya tashkiloti
💬 Forum doirasida:
▪️ Xalqaro darajadagi migratsiya ekspertlari ishtirokida plenar sessiyalar;
▪️ Mehnat migratsiyasi, malakalar, gender, yoshlar va iqlim mavzularida panellar;
▪️ Ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar (B2B, B2G, G2G);
▪️ Xalqaro va mahalliy OAV vakillari uchun matbuot anjumani;
▪️ Yangi kelishuvlar va hamkorlik imkoniyatlari.
👥 Kimlar qatnashadi?
— BMT tizimi va xalqaro tashkilotlar;
— Hukumat va vazirliklar vakillari;
— Yevropa va Osiyodan ish beruvchilar;
— Fuqarolik jamiyati va ekspertlar;
— Ommaviy axborot vositalari vakillari.
Jami: 300+ xalqaro ishtirokchi
🔐 Asosiy g‘oya:
Xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya — barqaror taraqqiyot asosi.
📢 Forumda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
