DIQQAT!
2026-05-01 10:45:00 / E’lonlar

❗️”Ulsan shahriga malakali kadrlar tayyorlash markazi” loyihasining 2026-yil 2-bosqichi uchun ish beruvchi vakillari ishtirokida test va suhbat asosida tanlov bo'lib o'tadi.
E9 vizasi nomzodlari — quyida berilgan manzillarga xorijga chiqish pasporti va koreys tili sertifikati (agar mavjud bo'lsa) bilan belgilangan vaqtdan kech qolmay kelishi kerak.
📅 5-may kuni Qarshi shahar Kasbiy ko’nikmalar markazida
⏰ 08:00 da Surxondaryo, Qashqadaryo viloyati fuqarolari;
⏰ 13:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Samarqand, viloyatlari fuqarolari.
Manzil: Qarshi shahri, A.Navoiy ko‘chasi 70a-uy (Oydin bozor ro‘parasi)
📅 6-may kuni Farg‘ona shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA) da
⏰ 13:00 da Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri fuqarolari uchun
Manzil: Farg‘ona shahri, al-Farg‘oniy ko‘chasi, 112-“v” uy.
🔹 E-7 vizasi nomzodlari — diplom va diplom ilovasi, koreys tili sertifikati (agar mavjud bo‘lsa) va xorijga chiqish pasporti bilan 7-may kuni 15:00 da Toshkent shahar Kasbiy ko’nikmalar markazida yetib kelishlari so'raladi!
Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331
❗️ Muhim eslatma:
⛔️Belgilangan vaqtga kech qolgan nomzodlar imtihonga kiritilmaydi (kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari lozim)
Saralash bosqichi talablari:
Nomzod Koreya elchixonasiga hujjat topshirib vizasi rad etilmagan va Koreya Respublikasida bo'lgan vaqtda ushbu davlat qonunchiligini buzmagan bo'lishli (jarima qo'llanmagan bo'lishi) kerak.
📞 Murojaat uchun: (+998) 71 202-33-55 (ichki raqamlar: 241, 225)
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
