E-9 vizasi uchun amaliy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishni istaysizmi?
2026-05-03 10:35:00 / Yangiliklar

💪 Koreyada ishlashni rejalashtirgan nomzodlar uchun joriy yil 6–22 aprel kunlari test imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
📢 Testdan o‘tganlar ro‘yxati HRD Korea tomonidan taqdim etilgach, “XORIJDA ISH” kanalida e’lon qilinadi.
⛓️ Endi hal qiluvchi bosqich — amaliy imtihon! Bu — Koreyada ishlash orzuingizga eng yaqin qadam.
Migratsiya agentligi tomonidan barcha hududiy filiallarda sizlar uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil qilindi, malakali ustozlar, aniq va samarali dastur bor.
📍 Hududiy filiallar ma’lumotlari
📱 Qo‘shimcha ravishda YouTube sahifamizdagi amaliy imtihonlar bo‘yicha o‘zbek tilidagi video darslar orqali mustaqil tayyorgarlikni kuchaytiring, harakat qiling va natijaga erishing!
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
