Shvetsiya va Daniya migratsiya idoralari vakillari Ombudsman ofisiga tashrif buyurdi
2026-04-22 17:00:00 / OAV biz haqimizda

2026-yilning 22-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov Shvetsiya Qirolligi Migratsiya agentligi vakili Emma Shimichich hamda Daniya Immigratsiya xizmati katta maslahatchisi Aleks Xemmingsen bilan uchrashdi.
Ayni kunlarda Emma Shimichich va Aleks Xemmingsendan iborat delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida mamlakatimizda migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning migratsiya jarayonlariga ta’siri, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar hamda fuqarolik-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq qonunchilik va amaliyot xususiyatlarini o‘rganish maqsadida qator idoralar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Manbaa: ombudsman.uz



