7 nafar bola… birortasida hujjat yo‘q…
2026-04-24 15:15:00 / Yangiliklar

Rossiyaning Novosibirsk shahrida ikki nafar o‘zbekistonlik onalarning biri 5 ta, ikkinchisi 2 ta voyaga yetmagan farzandi bilan og‘ir ahvolda qolib ketgan.
❗️ Eng achinarlisi — bolalarning birortasida ham hujjat bo‘lmagan!
Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi hamda Bosh konsulxona tomonidan barcha tashkiliy ishlar hal etildi
✔️ Bolalarga vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi
✔️ Avia chiptalar olinib barchalari Vatanga qaytarildi
📌 Bu — oddiy xabar emas, jiddiy ogohlantirish!
⚠️ Hujjatsiz yurish — o‘zingizni xavfga qo‘yish
⚠️ Noqonuniy migratsiya — bolalar taqdiri bilan o‘ynashish
⚠️ Vaqtida murojaat qilmaslik — oqibati og‘ir bo‘ladi.
🔐 Xorijda ishlash vaqtida murakkab vaziyatda qolsangiz Migratsiya agentligiga murojaat qiling:
📞 Qisqa raqam: 1282
💬 24/7 @huquqiy_yordam_uzbot
📢 Ulashing. Balki kimnidir xatodan saqlab qolar.
