Germaniyadagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-04-15 18:25:00 / Yangiliklar

Germaniyada o‘tayotgan O‘zbekiston – Germaniya kasbiy ta’lim forumida Migratsiya agentligi va Kasbiy ta’lim agentligi rahbariyati shu mamlakatda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida, jumladan Tesla kabi yirik korxonalarda mehnat qilayotgan yoshlarimiz ham ishtirok etdi.
💬 Muloqot davomida:
— Bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud mehnat migratsiyasi imkoniyatlari
— Xorijda ishlayotganlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar
— Qonuniy va xavfsiz ishga joylashish masalalari haqida atroflicha ma’lumot berildi
Shu bilan birga, yoshlar o‘z tajribalari, taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdi. Ular tomonidan bildirilgan fikrlar kelgusidagi dastur va loyihalarni yanada takomillashtirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
✨ Eng muhimi — bugungi o‘zbekistonlik yoshlar dunyoning rivojlangan davlatlarida munosib o‘rin egallab, o‘z mehnati va bilimi bilan yurtimiz nufuzini oshirmoqda.
