Xorijda muvaffaqiyatli ishlash — til va kasb o‘rganishdan boshlanadi
2026-04-09 18:40:00 / Yangiliklar

📍 Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Angren shahrida yoshlar bilan uchrashdi.
📚 Ular orasida Yaponiyada haydovchilik sohasida ishlashga tayyorlanayotgan, Germaniyada mehnat qilish maqsadida nemis tilini o‘rganayotgan va payvandchilik bo‘yicha xalqaro sertifikat olish uchun ta’lim olayotganlar bor.
Uchrashuvda barcha loyiha ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va mavjud muammolarni ochiq bayon etdilar.
💬 Murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.


