E-9 VA E-7 VIZASI ASOSIDA KOREYADA ISHLAMOQCHIMISIZ?
2026-04-09 14:30:00 / E’lonlar

Migratsiya agentligi va "HD Hyundai Heavy Industries" hamkorligida kemasozlik sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslariga yilning 2-tanlovi bo'lib o'tadi!
Loyiha doirasida 2025-yilda jami 408 nafar ishtirokchidan, 367 nafari bugungi kunda "Hyundai" zavodlarida ish boshlagan.
📍 O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi. (O'qish va yotoq joy xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan to’lab beriladi).
💰 Minimal oylik: 2,156 von (~1428$)
❓ Е 9 vizasi uchun loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin:
▪️ SPAS elektron bazasida ish izlovchilar orasidagi;
▪️ EPS-TOPIKning kemasozlik va ishlab chiqarish imtihonlarida 80+ ball olgan, 80 dan kam bo‘lgan taqdirda TOPIK yoki "Qirol Sejong" sertifikati bor;
▪️ Bazada 2026 -yil 28 - avgustdan keyin kamida 6 oy amal qilish muddatiga (2027-yil fevralgacha) ega bo'lgan 20-35 yosh oralig'idagi nomzodlar.
🔹 Bakalavr diplomiga ega elektriklar uchun E-7 vizasi bo'yicha tanlov!!!
Talablar va hujjatlar:
▪️ Elektrik yo‘nalishda bakalavr diplomi;
▪️ yosh chegarasi - 22-yoshdan 35 yoshgacha;
▪️ Sudlanmagan va Koreya elchixonasidan viza rad javobi olmagan nomzodlar;
▪️ Koreys tilini bilish (sertifikat ustunlik beradi).
▪️ Anketa
▪️ Tilxat
▪️ Pasport nusxasi (rangli)
▪️ 2 dona foto (3.5×4.5)
▪️ Til sertifikati (mavjud bo‘lsa)
▪️ (E-7 uchun) Diplom nusxasi
🗓 Muhim sanalar:
✅ Hujjatlar 9-apreldan 17-aprelgacha Migratsiya agentligining hududiy filiallarida qabul qilinadi
✅ test +Suhbat: 27-aprel – 1-may
✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni: 2026-yil 6-may
✅ O‘qish muddati: 8-iyun – 28-avgust (taxminan 3 oy)
✅ Yakuniy baholash: 2026-yil 28-avgust
✅ Yakuniy natijalar e’loni: 2026-yil 4-sentabr
🚫 Eslatma:
Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi!
⚠️ Muhim:
Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi.
📞 Ma'lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam: 241, 243, 244)
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
