Chet eldan Vatanga qaytishda xavfsizlikka befarq bo‘lmang!
2026-04-09 13:55:00 / E’lonlar

Ko‘plab ko‘ngilsiz holatlar aynan texnik nosoz va noqonuniy transport vositalari sabab yuzaga kelmoqda. Arzon va tez yetib borishni va’da qilgan takliflar ortida katta xavf yotganini unutmang.
❗️ O‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang:
✔️ Faqat rasmiy va ishonchli transportdan foydalaning
✔️ Imkon bo‘lsa, poyezd yoki samolyot kabi xavfsizroq transport turlarini tanlang
✔️ Yo‘lga chiqishdan oldin ob-havo va yo‘l holatini tekshiring
📞 Favqulodda holatlarda:
Migratsiya agentligining 1282 qisqa raqamlari yoki 24/7 @huquqiy_yordam_uzbot
