Farg‘onada yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-04-02 15:55:00 / Yangiliklar

📍Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot institutida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
👨⚕️👩⚕️ Ishtirokchilar Migratsiya agentligi tomonidan Germaniya, Saudiya Arabistoni, Italiya, Chexiya va Bolgariya bilan yo‘lga qo‘yilgan tibbiyot yo‘nalishidagi loyihalar doirasida ishlash va tajriba orttirish imkoniyatlari, shart-sharoitlari bo‘yicha savollariga javob oldilar.
💬 Muloqot davomida talabalarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularning kelgusi rejalari va maqsadlariga yo‘naltiruvchi muhim tavsiyalar berildi.


