Germaniyada ishlash uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar
2026-03-18 15:30:00 / Yangiliklar

📌 Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Germaniyada ishlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan marg‘ilonlik yoshlar bilan uchrashdi.
✍️ Marg‘ilon shahridagi "Nemis tibbiyot akademiyasi" hamda "Marg‘ilon shahar 4-son texnikum"da xalqaro ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va Germaniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish boshlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
👩💻 Yoshlar kelgusidagi ish joylari, mehnat sharoitlari va sertifikat imtihonlari bo‘yicha savollariga javob oldilar.
📚 Uchrashuv ishtirokchilarga yana bir bor muhim haqiqatni eslatdi: imkoniyat bor, natija esa mehnat va bilimga bog‘liq.
✊ Xorijda yuqori maoshli ish o‘rinlarida ishlashni maqsad qilgan talabalar yanada ko‘proq harakat qilib, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishga intilishlarini aytdilar.


