Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev xorijda ishlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan farg‘onalik yoshlar bilan uchrashdi.
2026-03-17 11:45:00 / Yangiliklar

✍️ Farg‘ona shahri, KOICA kasbiy ko‘nikmalar markazida Koreyaning "Hyundai" kemasozlik zavodida ishlash uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar — mehnat shartnomasi, viza jarayonlari, o‘quv va amaliyot masalalaridagi savollariga javob oldilar.
📚 Shuningdek, “Nemis tibbiyot akademiyasi”dagi uchrashuvda talabalarning — darslarni kichik guruhlarda o‘tkazish, Germaniyaga malaka oshirish uchun yuborish kabi muhim takliflarini amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga zarur choralar ko‘rish topshirildi.



